Shoʻr MFYda mahalla raisi saylovi boʻlib oʻtdi: Topvoldiyev Jahongir Anvarovich gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
Buvayda tumanidagi Shoʻr mahalla fuqarolar yigʻinida joriy yilgi mahalla raisi saylovi ochiq va oshkora tarzda, keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazildi.
Saylov jarayonida ikki nafar nomzod – Topvoldiyev Jahongir Anvarovich va Qodirov Azizbek Bahromovich oʻz dasturlari bilan ishtirok etdi.
Ovoz berish natijalariga koʻra:
Topvoldiyev Jahongir Anvarovich – 155 ta ovoz (60%)
Qodirov Azizbek Bahromovich – 103 ta ovoz (40%)
Natijaga koʻra, Topvoldiyev Jahongir Anvarovich 5 yil muddatga Shoʻr MFY raisi etib saylandi.
Saylov jarayoni murosasiz, fuqarolarning faol ishtirokida, demokratik tamoyillarga muvofiq oʻtdi. Endilikda yangi rais oldida mahalla taraqqiyoti, aholi manfaatlari va ijtimoiy muammolar yechimiga qaratilgan dolzarb vazifalar turibdi.