“Ma’rifat soati” doirasida Murojaatnoma mazmuni tushuntirildi
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat soati” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, xalq deputatlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlar va jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
“Ma’rifat soati” mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmunini keng targ‘ib etish, fuqarolarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.