9 May – Xotira va qadrlash kuni
Qo‘shtepa tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9 May – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira turniri tashkil etildi. Turnir “Baland masjid” mahallasida yashab o‘tgan Qosimjon Isaqov xotirasiga bag‘ishlandi.
Turnir davomida “Eshonguzar” va “Baland masjid” mahallalaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar.