"Uch avlod uchrashuvi" – Gʻalabaning 80 yilligi shoniga
Farg‘ona garnizonida joylashgan 48982-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda faxriylar bilan hamkorlikda Qo‘shtepa tumanidagi 2-IDUMda yuksak ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda faxriylar o‘zlarining hayot yo‘li, urush yillaridagi mashaqqatli damlar va tinchlik qadri haqida yoshlarga so‘zlab berdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash va harbiy burchga mas’uliyat bilan yondashish g‘oyalarini chuqur singdirishda muhim ahamiyat kasb etdi.