Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

4572025-07-24 18:52

TADBIRKORLAR MUROJAATI EʼTIBORDA: BUVAYDA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371558380.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371565550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371569135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371572720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371577500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371582280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371585865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2095271371589450.jpg
Bugun Buvayda tumani hokimligi Majlislar zalida tadbirkorlar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘z loyihalari, amaliy muammolari va takliflari bilan qatnashdi. Xususan, yer ajratish, infratuzilma bilan taʼminlash, kredit olish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, soliq va bojxona bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi. Tadbirkorlar bu kabi ochiq muloqot va amaliy yechimlar uchun minnatdorlik izhor etib, kelgusida tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Uchrashuv yakunida tuman hokimi tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga doir qator vazifalar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz