Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2582025-09-11 10:43

BUVAYDA TUMANI HOKIMLIGI DELEGATSIYASI XITOYNING “SHUNXIN HOLDINGS” KOMPANIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295476991535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295476993925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295476997510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295476998705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295476999900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295477002290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295477005875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295477007070.jpg
Buvayda tumani hokimligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Pekinda joylashgan, oziq-ovqat sanoatida yetakchi o‘rinni egallagan “Shunxin Holdings” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniya Xitoyning oziq-ovqat ishlab chiqarish va ta’minot sohasida yetakchi holdinglaridan biri bo‘lib, uning tarkibida yigirmadan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Holding nafaqat ichki bozor, balki xalqaro eksport yo‘nalishlarida ham muhim o‘ringa ega. Uchrashuv davomida Farg‘ona viloyatida mavjud investitsiya salohiyati, maxsus sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlari xususida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. “Shunxin Holdings” rahbariyati Farg‘ona viloyati, jumladan, Buvayda tumanidagi imkoniyatlarga yuqori qiziqish bildirdi va joriy yilning oktyabr oyida viloyatga tashrif buyurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, shuningdek, hududiy sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz