Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2622025-09-11 10:46

OILAVIY POLIKLINIKA ZAMONAVIY KO‘RINISHDA QAYTA TIKLANDI

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689454170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689457755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689460145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689462535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689466120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689470900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689473290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2100295689474485.jpg
Buvayda tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 18-sonli Ing'irchoq oilaviy poliklinikasi binosi to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy inshootga aylantirildi. Shu bilan birga, byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha bino ham barpo etildi. Mazkur ishlar uchun umumiy hisobda 80 million so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Ta’mirlash va yangilash jarayonida binoning tashqi ko‘rinishi zamonaviy arxitektura asosida qayta qurilib, ichki qismi esa to‘liq yangilandi. Endilikda poliklinika aholiga qulay, shinam va barcha talablar darajasidagi tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Yangi inshoot zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanib, vrachlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratildi. Bu, o‘z navbatida, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshishiga, aholining sog‘lig‘ini yanada samarali muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. Mutasaddilarning aytishicha, ushbu poliklinika nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki imkoniyatlari jihatidan ham yangicha bosqichga ko‘tarildi. Aholi orasida erta tashxis qo‘yish, kasalliklarni oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida yangi bosqich boshlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz