Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

632025-12-20 10:37

“Mening maktabim” loyihasi: Buvayda tumanida amaliy natijalar

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2110619797810875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2110619797813265.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2110619797815655.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2110619797816850.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2110619797819240.jpg
“Ochiq byudjet” portali orqali o‘tkazilgan “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan 1-bosqichi doirasida Buvayda tumanidagi bir qator umumiy o‘rta ta’lim maktablari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan, loyiha asosida 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun o‘quvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida yangi parta va stullar yetkazib berildi. 11-sonli maktabning faollar zali esa zamonaviy va qulay stullar bilan jihozlandi. Shuningdek, 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida interaktiv sensorli panellar o‘rnatilib, dars mashg‘ulotlarida faol foydalanilmoqda. Bundan tashqari, mazkur maktabga o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak saqlash shkaflari ham yetkazib berildi. Mazkur tashabbuslar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun zamonaviy, qulay hamda samarali ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz